Yaxshi niyat qiling, harakat qiling, albatta erishasiz.

Yaxshi niyat qiling, harakat qiling, albatta erishasiz.

·

1 min read

photo_2021-04-13_15-02-36.jpg Bir yil avval, instagramda Co-learning Center (instagram.com/colearninguz), Project Managers (instagram.com/pmuzbekistan) jamoasi sahifalarini kuzatib yurardim. Va, bir kuni albatta shu jamoaga qo'shilaman deb, yurakka tugib qo'ygandim:) (Qanday ifodalashni bilmadim)

photo_2021-04-13_15-02-38.jpg Orada karantin qoidalari kuchaytirildi, yengillashtirildi va jamoaga kelishim, qo'shilishim ozroq cho'zildi. Va, yaqinda, kelganimga ham bir yil to'ladi)

photo_2021-04-13_15-02-35.jpg

Noyabr oyida kelganim esimda, kelganimizda instagramda kuzatgan insonlarim bilan ko'rishdim, ular ochiq yuz bilan, tabassum bilan kutib olishdi. Kechagina instagramda kuzatayotgan insonlar bilan shaxsan tanishdim. Masalan, Murodxo'ja aka (t.me/muratovuz), Sardor aka (t.me/TheEventman), Jasurbek aka va yana ko'pchilik))

photo_2021-03-20_19-01-09.jpg

Odatda, har bir kelgan inson bilan turli xildagi Roadmaplar(Yo'l xaritasi) tuzib olinadi va shu asosida ketiladi. Biz ham ustozimiz, Alisher aka (t.me/AkhmatovichUz) va Shahzod aka (t.me/shakhzodkudratov_uz) bilan gaplashib oldik va shu bo'yicha ketdik. Esimda, U Roadmapda, MEVN(Mango, Express, Vue, Node) bo'yicha ketishni reja qilgandik. Hozirgi kunda, to'liq Vue/Nuxt da ishlayabmiz. Hozirgacha, ko'plab bilimlarni oldim va ularni qo'llab kelmoqdaman)

Bir yil avval, havas qilgan jamoamda hozirgi kunda men ham borman:))

Hozirgi kunda Imkon Uzbekistan (t.me/imkon_uzbekistan) jamoasida, imkon.uz loyihasini ishlab chiqyabmiz. Imkon.uz hozir, asosan, Web desktopda ishlaydi.

P.S. Yaxshi niyat, harakat, sabr, shukrona keltirish. Shu masalliq bo'lsa, barcha narsaga erishish mumkin ekan;)

photo_2021-03-20_19-01-11.jpg