Video darslarga bog'lanib qolmang!

Video darslarga bog'lanib qolmang!

·

1 min read

Bugungi kundan qisqacha. Yoxud, video darslarga bog'lanib qolmang.

Hozirgi kunda ko'pchilik, youtubedagi videolar orqali dasturlashni o'rganyabdi. Va, bu videolarga ko'p holatlarda bog'lanib qolishyabdi. Addicted bo'lib qolishyabdi)

Co-learning Centerda Frontendni o'rganayotgan o'quvchilar uchun bugun kichik vazifa berdim. Agar Co-learning Centerga bir marta kelib ko'rgan bo'lsangiz, albatta eshikdan kirishdagi barmoq izi bilan kirish dasturini(O'zbekchasini topa olmadim va shunday nomlab qo'dim:)) ko'rgan bo'lsangiz kerak. Kelmaganlar uchun qisqacha quyida tushuntiraman.

Yuqoridagi dasturni web versiyasini yaratishlarini va unda quyidagi imkoniyatlar bo'lishi haqida gaplashdik:

  • Ishchi xodimlar, o'quvchilar, amaliyot o'taydigan insonlarni registratsiya qilish imkoniyati
  • Statistika, nechta xodim, o'quvchi ava amaliyotchi borligi
  • Web kamera orqali ularni rasmga olish
  • Foydalanuvchi nechida kelib, nechida ketishini ro'yhatga olish. Va, foydalanuvchiga maxsus ID beriladi, shu ID kiritilsa, nechida kirgani va ketgani yozib qo'yilsin.
  • Va, bu orqali turli xildagi statistikalarni yaratish.
  • Diagrammalar qilish(Aytmagandim, hozir esimga tushib qoldi)

P.S. Nega buni aytdim? Ko'pchilik, video ko'rib vaqtini o'tkazib yuboryabdi. Undan ko'ra, biror loyiha ustida ishlash davomida, yangi narsalarni qidirib o'rgangani, qiyinchiliklarga uchragani anchagina yaxshiroq.

Foydali bo'ladi degan umiddaman, xohlasangiz siz ham yaratib ko'ring. Kanalimda e'lon qilaman:)