2022-yilda Frontend dasturchi bo'lish

2022-yilda Frontend dasturchi bo'lish

·

3 min read

2022-yilda Frontend dasturchi bo'lmoqchi bo'lganlar uchun kichik roadmap. Assalomu alaykum, ismim Elzodxon. Hozirda, imkon.uz loyihasida Frontend dasturchi bo'lib ishlayman.

Hozirgi kunda ko'pchilik Frontend dasturlash sohasini o'rganmoqchi bo'lib yuribdi. Shuning uchun, hozirgi kungacha yig'gan kichik tajribamdan kelib chiqib, Roadmap tuzmoqchiman.

  1. Maqsadni to'g'ri qo'yib oling!
    • Kim bo'lmoqchisiz? Rostan Frontend dasturchi bo'lmoqchimisiz?
    • 3-5 yildan keyin o'zingizni qayerda ko'ryabsiz?
    • Bu sohani nega o'rganyabsiz? Pul uchunmi? Kimdir tavsiya qilgani uchunmi?
  2. Matematikani o'rganing!
    • Bu qismda ko'p gapirmayman, mantiqiy fikrlashni o'rganing!
  3. Ingliz tilini o'rganing(MUST)!

  4. Self Study(Mustaqil o'rganish)!

    • Self study qilishni o'rganing! O'z ustida ishlash, mustaqil o'rganish, faqatgina dasturlashda emas, istalgan sohada qo'l keladi. Hozirgi kunda afsuski, ko'pchilikda, self-study qilish kamayib ketgan...
  5. Internet qanday ishlashi haqida research qiling.
  6. Linux komandalari bilan ishlashni o'rganing.
    • Nega Linux komandalarini o'rganing deyabman? To'g'ri, boshlanishidan, qora ekranda, qandaydir buyruqlarni yozish qiyin yoki tushunarsiz bo'lishi aniq. Lekin, ishonamanki, bu kelajakda aniq sizga foyda beradi:)
  7. Git VC(Version Control) ni o'rganing.

  8. HTML va CSS ni o'rganing!

  9. UI/UX asoslarini o'rganing!
    • Frontend dasturchi Basic UI/UX ni bilgani ish jarayonida anchagina qo'l keladi)
  10. CSS Preprocessorlaridan birini o'rganing. Masalan, SASS.

  11. JavaScript ni o'rganing!

  12. Tailwind CSS ni o'rganing.

  13. JavaScript frameworklaridan birini tanlang va o'rganing!

  14. CV/Resume tayyorlang;) Ishga joylashish harakatini qiling.

O'rganish uchun qo'shimcha resurslar:

O'zbek tilida resurslar:

GitHub - elzodxon/programmingResourcesUzbek: O'zbek tilida dasturlashni o'rganish uchun bepul resurslar to'plami!

P.S. Hozirgi kungacha o'rgangan va foydalanib kelayotgan resurslarimni sizlarga ham ulashdim. Foydali deb bilsangiz, ulashsangiz, juda ham xursand bo'lardim. Xato, kamchiliklar va qo'shish kerak bo'lgan resurslar bo'lsa bemalol, t.me/elzodxon_me ga yozishingiz mumkin! E'tiboringiz uchun rahmat!

Sources:

Muallif: Elzodxon Sharofaddinov