"Uy ni remont qilish kerak, ortga qayta olmayman..."

·

2 min read

Sinfdoshlarim bilan telegramda gaplashdim. Ko'pchilik universitetga kirgan, lekin universitetni bitirgandan keyin nima qilishi, kim bo'lishi haqida ma'lumotga ega emas. Bu juda ham qayg'uli holat... Universitetda turli hildagi sohalarga o'zini urib yurishibdi va ko'pchilikni universitetdan ko'ngli sovugan... Va, ko'pchiliklari, shunchaki Diplom uchun yurishibdi...

Ba'zi sinfdoshlarim, ota-onasi aytgan universitetga topshiraman deb, o'z orzularidan voz kechgan va hozirda Rossiyda qora ish qilishga majbur bo'lishyabdi... Sinfdoshimga, o'ziga investitsiya kiritishi, O'zbekistonga qaytib, Ingliz tilini o'rganishini, orzularini amalga oshirishini yoki qiziqib IT ni o'rganishini aytdim. Qaytgin desam, "Uy ni remont qilish kerak, bitirish kerak" degan gapni aytdi... Hop, uyni remont qilib bo'lding, keyinchi? Ertaga oilali, farzandli bo'lasan, ular bilan birga bo'lishing, ularni to'g'ri tarbiyalashing kerak... Keyingi avlodlaring hammasi senga qarab ketadi. Remontdan keyin to'y, to'ydan keyin farzandlar va hokazo... Umring, yig'ib terish, doimiy musofirlik, oila sog'inchi bilan o'tadimi?

Keyin, ustozim Alisher akani gaplarini unga ham aytdim. - "Agar biz hozir yaxshilab, o'qib, ishlab harakat qilsak, va ertadan keyin, yaxshi darajaga chiqsak, bizni farzandlarimiz, nabiralarimiz yaxshi yashashadi, ularga yaxshi sharoit yaratishimiz kerak. Ularni farzandlari ham kerak bo'lsa yaxshi yashashadi va shu sikl davom etadi."

Balki, bu mavzuda man yozadigan mavzu emasdir, lekin, juda ham o'ylashga majbur qiladigan va qayg'uli holat...

P.S. Agarda blogimda ota-onalar bo'lishsa, iltimos, farzandingiz nimani xohlayotganiga e'tibor bering, ularni tinglang... Ular bilan orzulari, maqsadlariga haqida suhbatlashing. ILTIMOS!

Barchasi shaxsiy fikrlar, balki xato fikrlayotgandirman... Vaqtingizni ajratib o'qiganingiz uchun rahmat!

👉 @elzodxon