Shaxsiy brend nima?

Shaxsiy brend nima?

·

2 min read

Ko’p insonlar o’zlarining shaxsiy brendlarini yanada takomillashitirishni xohlashadi. ‘Biznes brendi’ nima ekanligini barchamiz shubhasiz bilamiz. Lekin hech o’ylab ko’rganmisiz o’zingizning shaxsiy brendingiz bo’lishini? ‘Shaxsiy brend’ so’zining o’zi ko’pchilik uchun noodatiy bo’lishi mumkin. Lekin siz aynan quyida ‘shaxsiy brend’ingizning yaxshi va yomon tomonlari, shuningdek siz uchun yaratgan barcha imkoniyatlari bilan tanishib chiqasiz;)

Shaxsiy brend- ... ? Shaxsiy brend bu o’zingizni qanday targ’ib qilishingizdir. U siz dunyoga ko’rsatmoqchi bo’lgan o’zingizning mahoratingiz, tajribangiz va xarakteristikangizning yagona jamlanmasidir. Siz shaxsiy brendingizni sizni boshqalardan ajratib turishi uchun ishlatasiz. Agar hattoki yaxshi uddalay olsangiz, siz bir o’zingizning shaxsiy brendingizni biznesingizga bog’lab hatto boshqa hamkorlikdagi koorporatsiyalar erisha olmagan muvafaqqiyatlarga yetishishingiz mumkin.

Asosan, shaxsiy brend bu sizni boshqalar ko’ra oladigan tasviringizdir. U boshqalar sizga haqiqiy hayotda qanday qarashlariyu, ijtimoiy tarmoq sizni qanday ifodalashi, hamda boshqalar sizni tarmoqlarda qoldirgan ma’lumotlaringizdan qanday taassurotlarga ega bo’lislarini birlashtirib turuvchi o’ziga xos kombinatsiyadir.

Nima uchun Shaxsiy brend muhim? Ko’p hollarda shaxsiy brend sizni esda qolarli qiluvchi omil hisoblanadi. Bu sizni minglab odamlardan ajratib turuvchi SIZNING shaxsiy brendingizdir!