Nima uchun Linkedln dan foydalanish kerak? Quyida 7 sabab bilan tanishib chiqamiz

Nima uchun Linkedln dan foydalanish kerak? Quyida 7 sabab bilan tanishib chiqamiz

·

4 min read

Biznes olamidagi ko’p insonlar hamda biznesga aloqasi bo’lmagan ko’plab insonlarning LinkedIn da o’z profillari bor. Bir tomondan ular aloqalar uchun Linkedln ga ulanish va undan foydalanish naqadar muhimligi haqida eshitgan bo’lishlari kerak, va hattoki zarur bo'lganda ish topish uchun ham o’zlarining bir necha daqiqalarini bepul akkaunt yaratish uchun sarflashlari lozim.

Ammo mana shu birgina oson kichik qadamandan o’tish, Linkedln dan foydalanib yurishga arziydimi? Yoki bu ham Yana bir ko’ringandan ko’ra vaqtni behuda sarflovchi ijtimoiy tarmoq vositasimi? Nima uchun Linkedlndan foydalanish kerak. Bu yerda siz uchun asqotadigan ayni yetti sabab keltirilgan, ayniqsa undan siz to’g’ri foydalana olsangiz:

1. Yangi tanishuvlar uchun yordam bera oladi. Agar siz odamlar bilan do’stlashishda uncha kirishimli bo’lmasangiz, Linkedln sizga virtual aloqa tarmog’ingizni yaratishga yordam beradi. Biznes kartangizni yo’qotish qanchalar oson bo’lgan bir paytda Linkedln dagi online aloqalaringiz doimo osha yerda saqlanadi(yo’qotib qo’yishning iloji yo’q;)). Shuningdek, qaysidir jihatdan kariyerangiz uchun ham ish qidirayotganingizda juda kerakli bo’ladi.

2. Guruhlar qo’llab quvvatlaydi. Linkedln qiziqishga hamda mutaxassislikka qarab guruhlar taklif qiladi, Max Marketing maqolasiga ko’ra: bu guruhlar siz uchun tezroq aloqa o’rnatishga, bir xil qiziqishlaringizni bo’lishishga, fikr alamashishga hamda , muzokaralar o’tkazishga yordam beradi. “ Siz 50 ta guruhga qo’shilishingiz mumkin va bu sizga aloqalaringizni o’stirishingizga hamda doimiy ‘bir xillik aylanasi’dan chiqishingizga yordam bera oladi. Ha aytgancha! Agar siz o’zingiz uchun mos guruh topa olmasangiz, o’zingiz uchun yangi guruh tashkil eting! ;)”

3. Ish beruvchilardan foydalaning The Balance Careers maqolasiga ko’ra ishga oluvchi menejerlar haqiqatda o’zlari uchun mos ishchini topish maqsadida Linkedln dan foydalanadilar. Hattoki agar siz hozirgi mavqeingizdan mamnun bo’lsangiz ham Linkedlnkdagi mavjudliklar sizni yanada yaxshiroq imkoniyatni o’tkazib yubormasligingizni kafolatlaydi. “Linkedln akkauntiga ega bo’lish yana shuni ham anglatadiki bundan siz kompaniyalarni, intervyularni, yollovchilarni, va ishga oluvchi menejerlarni kuzatib borishingiz mumkin. Bu esa sizga murojaatnoma yo’llashingizdan va suhbatda qatnashishingizdan oldin katta yordam beradi”,- deydi maqola muallifi.

4. Linkedin siz haqingizda boshqalar nima deb o’ylashini ko’rsatadi. Siz Linkedlnda aktiv profilga ega bo’lganingizda nafaqat o’zingizni targ’ib qilasiz. Balki Forbes maqolasida aytilganidek ‘bu sizga boshqalarni sizni muammolaringizga yordam berishlariga ko’ndira oladi’. Bu yerda o’zingiz haqingizda nimalar deyilganini tasdiqlashning ikki xil yo’li mavjud: tasdiqlash hamda tavsiya. Bu xususiyatlar esa boshqalar sizni o’rganayotganda sizni yanada ishonchliroq qiladi. Faqatgina shunga amin bo’lingki, o’zingiznin qanday mahoratlaringiz borligini yoritib bering. Sohangiz bo'yicha hurmatga sazovor rahbarlardan maslahatlar oling.

5. Siz o’zingizning shaxsiy yoki biznes brendingizni yaratishingiz mumkin. Linkedln sizning brendingizni yanada kuchaytirish hamda rivojlantirish uchun ajoyib platforma sifatida ta’minlangan. U sizning omma oldida o’zingizning yoki butun kompaniyangizning obro’sini ko’tarishga xizmat qiladi. Ammo bundan donolik bn foydalanish kerak!