Keling Tailwind haqida gaplashamiz. (Birinchi taassurotlarim)

·

1 min read

photo_2021-10-08_22-42-38.jpg Bir necha kun avval, Tailwindni loyihaga o'rnatgandim. Bugun birinchi marta uni loyihada qo'llab, komponent yasab ko'rdim.

Ishonsangiz, 1 qator ham CSS kod yozmasdan, bir komponentni bitirdim. Bu komponent ko'plab yerda ishlatilinadi va boshqa komponentlarning asosi ham.

Avval Bootstrap ishlatardik(Hozir ham). Lekin, tez orada Tailwind ga to'liq o'tishimiz kerak. Sekin-asta, Tailwindga moslashyabmiz. Tailwindni plus tomonlari haqida keyingi postlarda to'liqroq yoritishga harakat qilaman.

P.S. Dasturlash olamida, yangi texnologiyalar chiqaveradi. Dasturchi har qanday texnologiyani o'rganishga moslashuvchan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, yangi kutubxona yoki Frameworkni o'rganishdan oldin, albatta dasturlash tili yoki texnologiya bo'yicha fundamental bilimlaringiz yaxshiligiga ishonch hosil qiling. Bu, tezroq oldinga harakat qilishingizga va yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi!

(t.me/c/1448761460/6)👉🏻 @elzodxon