Github Student Developer Pack nima va uni qanday qo'lga kiritish mumkin?

Github Student Developer Pack nima va uni qanday qo'lga kiritish mumkin?

·

2 min read

Assalomu alaykum hammaga! Blogimda ko'rib turganimdan, juda ham xursandman. Barchamizga ma'lumki, dasturlash sohasini o'rganish davomida, bir qancha vositalar kerak bo'ladi(masalan: domen, hosting, server) va ularning narxlari bir oz qimmatroq. Shuning uchun, Github yangi o'rganuvchi o'quvchi va talabalar uchun kerak bo'ladigan Github Student Developer Pack ni yaratdi. Bu to'plam sizga kerak bo'ladigan o'quv kurslar, domen, hosting, server va boshqalar uchun kupon va bepul kirish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu maqolada, quyidagi mavzular haqida gaplashib o'tamiz:

  • Github Student Developer Pack nima?
  • To'plamni ichida nimalar bor?
  • Foydalanish shartlari
  • Qanday qilib bu to'plamni qo'lga kiritish mumkin?

Qani boshladik:)

Github Student Developer Pack nima?

Github, Github va uning hamkorlari bilan hamkorlikda yangi o'rganuvchilar uchun kerak bo'ladigan vositalardan bepul foydalanish imkonini beruvchi Github Student Developer Pack ni taklif etadi.

Bu to'plam sizga, bir qancha vositalarga hamda, qimmatli kurslarga kirish imkonini beradi. Ushbu to'plamda hozirgi kunda 13 ta bo'limdagi turli xildagi vositalarni o'z ichiga oladi. Ulardan, Cloud, Domain, O'quv kurslari, APi, To'lov tizimi platformalari va yana ko'plab bo'limlarni o'z ichiga oladi.

image.png

Ushbu to'plam o'z ichiga nimalarni oladi?

image.png

image.png

image.png

To'plam bilan batafsil Github Student Developer Pack sahifasida tanishib chiqishingiz mumkin.

Foydalanish shartlari

To'plamni qo'lga kiritish uchun siz:

  • Ayni vaqtda universitet, maktab yoki kollejda o'qiyotgan bo'lishingiz;
  • O'quvchi ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat bo'lishi(masalan: Student ID) yoki universitet tomonidan berilgan email(Masalan: ) ;
  • Githubdan ro'yhatdan o'tgan bo'lishingiz kerak;
  • 13 yoshdan katta bo'lishingiz kerak.

Qanday qilib bu to'plamni qo'lga kiritish mumkin?

Agarda yuqoridagi talablar sizga mos bo'lsa, demak keyingi qadamni qo'yamiz.

1. Ariza qoldirish bo'limiga o'ting.

  • Github Education saytiga kiring va yuqoridan o'ng tomonda Get Benefits ni bosing.

Untitled design.png

  1. Get Student Benefits ga bosing. image.png

image.png

  1. Formani to'ldirishni boshlaymiz.

Untitled design.png

  1. Endi hujjatimizni yuboramiz image.png

image.png

Universiteda o'qiyabgan bo'lsangiz, Student ID(Talaba ID, Talaba guvohnomasining rasmi), Maktabda o'qiyabgan bo'lsangiz, maktabda o'qishingizni tasdiqlovchi hujjat(Direktor tomonidan imzo va pechat qo'yilgan).

Maktab o'quvchilari hujjatida,

Haqiqatdan ham, Eshmatov Toshmat, 85-maktabning 9-sinfida ta'lim olmoqda.

Degan ma'noda ingliz tilida ma'lumotnoma yozib yuborish kerak bo'ladi.

Hozirgi kunda yangi o'quv yili boshlanganligi sababli arizalar soni ko'payib ketgan, shuning uchun sizni arizangiz ko'rib chiqilib 1 oy muddatda javobini email orqali olishingiz mumkin

Happy Coding!