Birinchi web saytim va tanlov haqida

Birinchi web saytim va tanlov haqida

·

2 min read

Bundan roppa-rosa 2 yil avval, Termiz shahrida edim. U yerda birinchi marta "O'quvchi yoshlar media festivali" bo'lib o'tgandi. Bir marta bo'ldi va tugadi, adashmasam.

Qanday boshlangan edi? Bu tanlov haqida bilmas edim va ustozim Umida Abdullayeva (Direktor o'rinbosari) ikki-uch kishini chaqirib, "Tanlov bo'lyabdi ekan, qatnashib ko'rmaysizlarmi?" -dedilar. O'sha vaqt, yo'nalishlarni ko'rdimda, harakat qilib ko'rmoqchi bo'ldim. Endi Wordpress CMS ida sayt yaratishni o'rgana boshlagan edim. Shunday qilib, pochta orqali so'ralgan ma'lumotlarni jo'natdik. Oradan, 15-20 kun o'tgandan so'ng, natijalar e'lon qilindi va Respublika bosqichiga chiqganlar orasida men ham bor ekanman. Juda ham xursand edim:)

Keyin, poyezdga bilet olindi va 18 yoki 19 soatda Termiz ga yetib bordik. Bu vaqtda, birinchi marta "A'lo ta'til' ham o'tkazilayotganligi sabab, u yerga ko'plab, Yoshlar ittifoqi sardorlari va Olimpiadada yaxshi natija ko'rsatganlar ham borishdi. Juda ham ko'plab, insonlar bilan tanishdim va ularning ko'plari bilan hozirgacha aloqadamiz.

Demak, tanlovga qaytsak, u yerda 2-o'rinni oldim. Interest.uz sayti bilan qatnashgandim, hozir sayt vaqtincha ishlamayabdi. Birinchi o'rinni delux.uz sayti oldi:) Uni ichida ko'plab funksiyalar va tayyor shablon ishlatilmaganligi va yana ko'plab faktorlar sababli, Jurilar g'olib deb topishdi. Bizni yo'nalishga, 10 ga yaqin ishlar kelib tushgandi va ular orasida 2-o'rin.

Shu bilan, tanlov tugadi va qisqa vaqt davom etgan "A'lo ta'til" tugadi. Rasmda, men va Durdona opa Rakhimova(Toshkent shahar hokimi o'rinbosari).

Shunday qilib, birinchi yaratgan web saytim, interest.uz edi. Undan keyin, Wordpress da 2 ta buyurtma asosida sayt yaratib berdim. Hammaga rahmat!